O‘zbekistonda ilk bor golbol bo‘yicha chempionat o‘tkazildi

Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan 10 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor golbol bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Xira va zaif ko‘ruvchi hamda ko‘zi ojiz sportchilar o‘rtasidagi 21-23 oktabr kunlari golbol bo‘yicha ilk bor O‘zbekiston chempionati tashkil etildi. Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan 10 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Golbol bo‘yicha chempionati
Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida Toshkent shahri jamoasi g‘olib bo‘ldi. Kuchli uchlikdan esa Toshkent hamda Qashqadaryo viloyati jamoalari joy oldi.
Ushbu mamlakat chempionatida kuchlilar safidan joy olgan sportchilar kelajakda golbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi va xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi.