“Jazosiz qolgan harbiy jinoyat”: Narishkin AQShning Yaponiyani bombardimon qilgani haqida

Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori 1945-yilning avgustida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarining AQSh tomonidan atom bombasi bilan bombardimon qilingani haqida esladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Agar insoniyat Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan Qo‘shma Shtatlarning siyosiy va harbiy rahbariyatiga nisbatan adolatli hukm chiqarganida, dunyo ishonchli “yadroviy qurolga qarshi vaksina”ni olgan bo‘lardi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ta’kidladi.

“Katta yadro muammosi haqida gapirganda, albatta, barcha saboqlarni eslab, o‘rganish arziydi. Va ular Karib inqirozidan ham ertaroq boshlangan”, - dedi Narishkin jurnalistlarga.

Gap 1945-yilning avgustida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarining AQSh tomonidan atom bombasi bilan bombardimon qilingani haqida bormoqda, deya tushuntirdi u.

“Bu harbiy jinoyat, insoniyatga qarshi jinoyat bo‘lib, u jazosiz qolib ketdi. Agar o‘shanda insoniyat Amerika Qo‘shma Shtatlarining siyosiy va harbiy rahbariyatiga nisbatan adolatli hukm chiqarganida edi, men ishonamanki, insoniyat “yadroviy kasallikka” qarshi juda ishonchli emlangan bo‘lar edi”, - deb ta’kidladi Narishkin.

1945 yil avgust oyida amerikalik uchuvchilar Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalarini tashladilar. Xirosimadagi atom portlashi va uning oqibatlaridan 350 ming aholidan 140 000 kishi, Nagasakida 74 000 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlarning katta qismi tinch aholi vakillari edi.
Volodin: 6 va 9-avgust AQSh uchun tavba qilish kunlari bo‘lishi kerak