TOShKENT, 24 okt - Sputnik. AQSh prezidenti va uning jamoasi noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda g‘alaba qozonish uchun Ukrainadagi mojaroni kuchaytirishga tayyor, deb hisoblaydi fransiyalik siyosatchi, “Vatanparvarlar” harakati yetakchisi Florian Filippo.
“8/11 oraliq saylovlar arafasida Ukrainagi vaziyatni portlatish uchun amerikaliklar nima qila olishlaridan ehtiyot bo‘ling” ,- deb yozadi u o‘z Twitter sahifasida.
Filipponing so‘zlariga ko‘ra, Bayden va uning atrofdagilari saylov poygalarida mag‘lubiyatga uchramoqchi emas.
“Agar ular mag‘lub bo‘lishsa - tinchlik g‘alaba qozonadi, ular esa buni istamaydi”, - deydi Filippo.
Avvalroq Fransiyaning “Vatanparvarlar” harakati yetakchisi Ukrainadagi mojaro yanada kengayishi uchun NATO hattoki yadroviy quroldan ham foydalanishi mumkin haqida fikr bildirgandi.
Rossiya 25-fevraldan buyon Donbassni kiyevlik millatchilardan himoya qilish maqsadida harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan genotsidga uchragan insonlarni himoya qilish ” maxsus operatsiyaning vazifasi ekanini aytgan.