Tramp 2024-yilgi prezident saylovida qatnashishga tayyorligiga shama qildi

Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovlari natijalari soxtalashtirilganini yana bir bor ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Texas shtatida o‘z tarafdorlari oldidagi mitingda nutq so‘zlab, 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga tayyorligiga shama qildi.
Tramp o‘z nutqi davomida 2020-yilgi prezidentlik saylovlari natijalari soxtalashtirilganini yana bir bor ta’kidladi.

“Ikki marta nomzodimni ilgari surdim. Ikki marta g‘alaba qozondim. Ikkinchi marta menda avvalgisidan ancha yaxshi bo‘ldi. 2020-yilda men 2016-yilga qaraganda bir necha million ko‘proq ovoz oldim va xuddi shu tarzda, butun mamlakatimiz tarixidagi prezidentlardan ham ko‘proq ovoz oldim. Endi mamlakatimiz muvaffaqiyatli, xavfsiz va buyuk bo‘lishi uchun yana buni qilishim kerak bo‘lishi mumkin”, - dedi Tramp.

Tramp sentabr oyida 2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etish-etmasligi haqida tez orada qaror qabul qilishi mumkinligini aytgandi.