Termiz aeroportidagi parvozlar vaqtincha Qarshi aeroportiga ko‘chiriladi

Termiz aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish sabab qariyb ikki oyga yopiladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Termiz xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladigan parvozlar vaqtincha Qarshi xalqaro aeroportiga ko‘chiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar qildi.
1 noyabrdan 25-dekabrga qadar “Uzbekistan Airways”ning HY-065/066 va HY-069/070 Toshkent—Termiz, HY-609/610 Termiz—Moskva, HY-711/712 Termiz—Sankt-Peterburg aviaqatnovlarining yetib kelishi va jo‘nab ketishi Qarshi xalqaro aeroportidan va yangi jadvalga asosan amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termiz aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish sabab qariyb ikki oyga yopilishi xabar qilingan edi.