TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy tinchlik va mojarolarga chek qo‘yish shiorlari bilan saylovda qatnashganida Ukraina xalqini aldagan. U mamlakatni to‘liq inqirozga olib keldi, deydi Xerson viloyati ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov RIA Novosti agentligiga.
“Barcha o‘lganlar Zelenskiyning vijdoniga havola. Bu o‘limlarning barchasi hech qachon oqlanmaydi. Ukraina hayotda g‘alaba qozona olmaydi”, - dedi Stremousov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya o‘z pozitsiyalarida, o‘z yerlarida mustahkam turib, o‘z manfaatlarini himoya qiladi.
Stremousovning fikricha, G‘arb davlatlarida hokimiyatni Ukrainadagi o‘yin qoidalarini o‘zgartirishga urinayotgan “ma’lum bir guruh globalistlar” egallab olgan. Ukraina “amerikalik firibgarlar” o‘rtasidagi kurashda savdo vositasiga aylangan, deydi u .
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.