TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 9 oyda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:
“Cobalt” - 69 816 dona
“Lacetti-Gentra” - 64 074 dona
“Damas” - 52 673 dona
“Nexia T-250” - 17 735 dona
“Spark” - 11 119 dona
Maxsus yengil avtomobillar - 14 389 dona.
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 564,1 mln dollarga teng bo‘lgan 22 447 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 430 taga oshgan.