Chilonzordagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt - Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, bugun, 23-oktabr kuni, soat 09:08 da tumanning Chorbog‘ ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji 09:16 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 09:22 da bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida omborxonaning ochiq hududida taxminan 150 kv.m maydondagi mahsulotlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi o‘rganilmoqda.