Toshkentning ayrim tumanlarida ichimlik suvi vaqtincha bo‘lmaydi

Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlar maxsus texnika yordamida ichimlik suvi bilan ta’minlanadi, deyiladi xabarda.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yunusobod, Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy tumanidagi ayrim joylarda 22-oktabr soat 12:00 dan 23-oktabr soat 24:00 gacha ichimlik suvi bosimi pasayishi yoki vaqtincha bo‘lmasligi mumkin. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ rasmiy kanalida xabar berilgan.
“2022 yil kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suv o‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ichimlik suv bosimining pasayishi va vaqtincha bo‘lmasligi haqida ma’lum qilamiz”, deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, 22-oktabr soat 12:00 dan 23-oktabr soat 24:00 gacha
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
Maxtumquli ko‘chasi: O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi, “O‘zbekiston” mehmonxonasi,
Shaxrisabz ko‘chasi: “Le Grand Plaza”mehmonxonasi, Ipoteka bank, "OTTO" kafesi, O‘zbekturizm, “Nuroniy” jamg‘armasi, "Brookland" avtomobil yuvish shaxobchasi.
Istiqlol ko‘chasi: "BLA BLA" bar, 50-maktab, aloqa litseyi, Energetika vazirligi, "1991" kafesi, Trilliant kompleksi.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
Indoneziya, Yaponiya, Fransiya, Turkiya, Ukraina, Belarus va Xitoy elchixonalari, travmatologiya markazi, Ortopediya markazi, Shahar DSENM, “To‘ytepa” mahallasi, 1-sonli poliklinika, Milliy bank, Tabiatni muxofaza qilish qo‘mitasi, Cherkov 2 ta, Yashnobod soliq idorasi, O‘zbek neftigaz boshqarmasi, 145-maktab, 222 va 559-sonli bolalar bog‘chasi, 6-sonli shahar tug‘ruqxonasi, Mahalla jamg‘armasi, Yashnobod xokimiyati, Anjumanlar saroyi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi binosi, Farg‘ona yo‘li-13 ko‘cha, Farg‘ona yo‘li-15 ko‘cha, Bojxona boshqarmasi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi 20 ta korxonalar, Qashqadaryo ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Boku ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, “Ma’rifat” MFY, “Shirmonbuloq” MFY.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
"Briliant" biznes markazi, "Mobiuz" telefon kompaniyasi, O‘zbek pochtampti, "Ugolok" kafesi, "Hayot" mehmonxonasi, "Poytaxt" savdo markazi, "Toshkent" mehmonxonasi, Saylgoh ko‘chasi, Adliya vazirligi, "Sity PALASE" mehmonxonasi, Huquqshunoslik universiteti va Gofman universiteti.
Mirobod tumani bo‘yicha:
“Salar”, “Ming O‘rik”, “Movarounnahr”, “Tong yulduzi”, “Sharof Rashidov” mahallalarida, A. Temur ko‘chasi, Shahrisabz, Buxoro, Zarafshon, Taras Shevchenko, Islom Karimov, Fidokor ko‘chasi, Qo‘shko‘prik, Mehrjon ko‘chalarida, Inoqobod ko‘chasi tor ko‘chalari bilan birga, Temiryo‘lchilar ko‘chasi tor ko‘chalari bilan, Sariqko‘l ko‘chasi, Eski Sariqko‘l ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab, Nukus ko‘chasidan Tolimarjon ko‘chasigacha, Toshkent shahar kasaba uyushmasi binosi, 1-sonli Respublika klinik kasalxonasi va Harbiy prokuraturada, “Teri-tanosil kasalliklari” kasalxonasi, “Qon quyish markazi”, mehmonxona, Afrosiyob zavodi, “Chayna taun” restorani, “Tibbiy sudekspertiza”, Ya. G‘ulomov ko‘chasi, “Immunologiya” instituti, A. Qodirova ko‘chasi, “Ruhiy kasalliklar” shifoxonasi, 4-sonli tug‘uruqxona.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
Iqtisodiyot vazirligi, Prezident akademiyasi, hukumat garaji, Afrosiyob ko‘chasi 2-uy, Xumo Arena, Beshog‘och ko‘chasi Boks federatsiyasi, Beshog‘och ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar va Beshog‘och ko‘chasidagi mehmonxona.
Yakkasaroy tumani bo‘yicha:
“Yunus Rajabiy” mahallasida, “Tepa” mahallasida, Prezident Administratsiyasi, Ichki Ishlar Vazirligi binosi, Prezident Xavfsizlik Xizmati binosi, Interpol binosi, Turkiston mehmonxona, A.Qaxxor muzeyi, Yu.Rajabiy muzeyi, Islom Karimov nomidagi ilmiy ma’rifiy yodgorlik majmuasi, №323 MTM, MVD ga qarashli MTM, UDAP va Samarqand nasos stansiyasi hududidagi Sh.Rashidov, Samarqand, Afrosiyob ko‘chalaridagi ko‘p qavatli uylarda ichimlik suvi bosimi pasayishi yoki vaqtincha bo‘lmasligi mumkin.
“Suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan hududlar maxsus texnika yordamida ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyilgan xabarda.