Sirdaryo viloyatida portlash sodir bo‘ldi

Xabarda aytilishiga ko‘ra, portlash yakka tartibda bo‘lgan, jabrlanganlar yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Sirdaryo viloyatida joylashgan Mudofaa vazirligi omborxonasida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, portlash yakka tartibda bo‘lgan, jabrlanganlar yo‘q.
"Joriy yilning 22-oktabr kuni soat 04:55 da Sirdaryo viloyati Malik aholi punktidagi Mudofaa vazirligi omborida yakka tartibda portlash sodir bo‘lgan, talafot ko‘rganlar va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.