TOShKENT, 22 okt – Sputnik. 9 oyda 55,4 ming xorijliklar davolanish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
2022 yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari:
xizmat maqsadida – 54,1 ming kishi
o‘qish – 3,8 ming kishi
dam olish – 266,4 ming kishi
qarindoshlarini yo‘qlash uchun – 3194,7 ming kishi
davolanish maqsadida – 55,4 ming kishi
tijorat — 12,7 ming kishi.