Norov Markaziy Osiyo - Koreya hamkorlik forumida ishtirok etadi

Koreyada bo‘lib o‘tadigan tadbirda Markaziy Osiyo respublikalari TIV rahbarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 okt - Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasining “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik forumidagi ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda TIV.
2022 yilning 23–26 oktabr kunlari tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” 15-hamkorlik Forumida ishtirok etish uchun Koreya Respublikasiga tashrif buyuradi.
Bo‘lajak Forum kun tartibidan sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, turizm, atrof-muhit va iqtisodiy xavfsizlik sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalari o‘rin olgan.
Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi tashqi siyosat idoralari rahbarlari, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy va ekspert doiralari vakillari ishtirok etadi.
O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham rejalashtirilgan, - deyiladi xabarda.