TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Turkiyadagi “gaz xabi” birinchi navbatda Yevropaning energiya xavfsizligi uchun zarur, shuni tushunish kerakki, loyihada yutqazuvchilar bo‘lmaydi, deydi Anqaradagi manba RIA Novosti agentligiga.
“Yevropa gaz olish imkoniyatiga ega bo‘ladi, energiya xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar bo‘lmaydi. Bu yutqazuvchilar bo‘lmaydigan loyiha. Bu to‘siqlarni yengib o‘tish uchun mo‘ljallangan loyiha”, dedi agentlik suhbatdoshi loyiha tufayli G‘arb, xususan AQSh tomonidan Turkiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llanishi ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya gaz tranzitini “Shimoliy oqim”dan Qora dengiz mintaqasi va Turkiyaga o‘tkazishi mumkinligini aytgan edi. Rossiya rahbari bu g‘oyani Turkiya prezidenti bilan muhokama qilgan. Ular bu masalani batafsil va tezkorlik bilan ishlab chiqishni topshirgan.
G‘arb Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va AQShda elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi.