Turkiya Rossiya neftini G‘arb ishtirokisiz sotib olishi mumkin – vazir

Biz o‘z ehtiyojlarimizni qondirish uchun zarur choralarni ko‘rishimiz kerak, deydi vazir.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Turkiya g‘arbiy moliyalashtirish yoki sug‘urtaga muhtoj bo‘lmasdan Rossiya neftini sotib olishi va tashishi mumkin. Bu haqda Turkiya moliya vaziri Nureddin Nebati ma’lum qildi.
Nebati o‘tgan hafta AQShga tashrifi chog‘ida “The Wall Street Journal” nashriga intervyu berdi.
“Biz o‘z ehtiyojlarimizni qondirish uchun zarur choralarni ko‘rishimiz kerak, shuningdek, mamlakatimiz manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hamma narsani qilishimiz kerak”, degan Nebati.
U zaruriy holatda Turkiya g‘arbiy moliyalash yoki sug‘urtaga muhtoj bo‘lmasdan Rossiya neftini sotib olishi va tashishi mumkin, deb ta’kidlagan. Hukumatning iqtisodiy qarashlari haqida fikr bildirgan Nebati, hukumat Turkiyani ishlab chiqarish markaziga aylantiradigan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish niyatida ekanini aytgan.