Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi - foto

Uchrashuvda ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik masalalarining keng doirasi muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan boshlangan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kuchli Turkmanistonni barpo etish uchun mustahkam poydevor bo‘lganini alohida qayd etdi.
“Bugun qardosh Turkmaniston milliy birlikni va tarixiy-madaniy an’analarni saqlash asosida jadal rivojlanmoqda. Bu butun dunyoda o‘zining yuksak e’tirofiga sazovor bo‘ldi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Gurbanguli Berdimuhamedov birodar mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlash hamda ularni chuqur strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga shaxsan hissa qo‘shgani alohida ta’kidlandi.
O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalari o‘zaro hal bo‘lmagan masalalardan xoli davlatlararo sheriklikning haqiqiy namunasi ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik masalalarining keng doirasi muhokama qilindi. Parlamentlar o‘rtasidagi muloqot xalqlarning yanada yaqinlashishida eng muhim omil ekani ta’kidlandi.
“Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishini monitoring qilish uchun parlamentlararo hamkorlik salohiyatidan bundan buyon ham samarali foydalanishimiz lozim”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6