TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Rossiyada safarbar qilingan 10 mingga yaqin kishi shu kungacha turli sabablarga ko‘ra vataniga qaytarildi. Bu haqda bugun jurnalistlarga Davlat dumasining Mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan "Yagona Rossiya" ko‘ngillilari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Bugunga qadar mamlakat bo‘ylab 10 mingga yaqin odam turli sabablarga ko‘ra qaytarildi”, - dedi qo‘mita rahbari xatolik tufayli safarbar qilinganlar haqidagi savolga javob berar ekan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Sankt-Peterburgda qisman safarbarlik rejasi rejaga muvofiq muvaffaqiyatli davom etmoqda.
"Sankt-Peterburgda qisman safarbarlik tadbirlari davom etmoqda va men bilishimcha, ular reja va shahar olgan topshiriq asosida olib borilyapti va hozircha uni muvaffaqiyatli bajarmoqda", - dedi Kartapolov.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin 21-sentabr kuni Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilgan edi. Davlat rahbari murojaatnomasida mazkur targ‘ibot doirasida faqat zaxiradagi fuqarolar, birinchi navbatda, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, muayan harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar chaqirilishi lozimligini ta’kidladi.
4 oktabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qurolli kuchlariga qisman safarbarlik doirasida chaqirilgan 200 mingdan ortiq odam kelganini ma’lum qildi. Uning qo‘shimcha qilishicha, kadrlar tayyorlash 80 poligon va oltita o‘quv markazida olib boriladi.
Avvalroq, Rossiya yetakchisi mamlakatda e’lon qilingan qisman safarbarlik bo‘yicha barcha chora-tadbirlar ikki hafta ichida yakunlanishini taxmin qilgandi.