Polsha prezidenti Rossiya haqidagi tviti uchun tanqidga uchradi

Twitter  foydalanuvchilari Polsha prezidentini Rossiya haqidagi tviti uchun keskin tanqid qilishdi
Sputnik
TOShKENT, 21 okt - Sputnik Polsha prezidenti Andjey Dudaning Twitter tarmog‘idagi obunachilari uning Ukraina haqida tvitini qattiq tanqid qilishdi.
Prezident “Agar Ukraina qulasa, biz (Polsha - tahr) keyingisi bo‘lishimiz mumkin” deya tvit qoldirgan. Shuningdek u “Yevropa xavfsizligi uchun Rossiya imperializmi ustidan g‘alaba kerak” deya qo‘shimcha qilgan.
“Yana qanday Rossiya imperializmi?”- deya yozib qoldirgan nostromo242 va “Rossiya Polsha bilan qancha yillar ish olib borganini” qo‘shimcha qilgan.
“Yodingda bo‘lsin, jo‘ra, sen polyaklarni qo‘llab-quvvatlashing kerak, ukrainlarni emas. Hozir esa sizlardan bittasi aytgandek, sen Ukrainaning xizmatkorisan”, deb yozadi yana bir obunachi.
“Agar Ukrainadagi mojaro evaziga xavfsizlik yaratmoqchi bo‘lsang, sen mening prezidentim bo‘lishga munosib emassan, va hech qachon bo‘lmagansan: bizning bu mojaro bilan ishimiz yo‘q”, - deb voqealarga munosabatini bildirgan Wernyhora ismli foydalanuvchi.
“O‘zing uchun javob ber”, - deydi yana biri.
“Janob Prezident, aqlingiz joyida emas, umrimda bunday ahmoqgarchilikni eshitmagandim”, deb yozadi yana bir foydalanuvchi.
Rossiya 24-fevraldan buyon denatsifikatsiya va demilitarizatsiya maqsadida Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Vladimir Putin uning asosiy vazifasi sifatida “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida xo‘rlashlar, genotsidlarga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.