O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasida yo‘l xaritasini tasdiqladi

Rossiya kungaboqar yog‘i, qandolat mahsulotlari va bug‘doy eksportini oshirishga tayyor – tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlandi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik bo‘yicha quyi qo‘mitaning navbatdagi 4-yig‘ilishi o‘tkazildi.
O‘zbekiston va Rossiya qishloq xo‘jaligi sohasida yo‘l xaritasini tasdiqladi
Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin ikki davlat o‘rtasida agrosanoat sohasidagi hamkorlikning kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalarini muhokama qilishdi.
Tomonlar chorvachilik, veterinariya vabaliqchilik sohasida o‘zaro aloqalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi va investitsiyaviy hamkorlik, karantin va o‘simliklarni himoya qilish borasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishdi.
Shu bilan birga, agrar ta’lim hamda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sohasida hamkorlikni takomillashtirish masalalari alohida muhokama qilindi.
“Rossiya kungaboqar yog‘i, qandolat mahsulotlari va bug‘doy eksportini oshirishga tayyor”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida tovar ayirboshlash hajmi yil sayin ortib, joriy yilning 9 oyida bu ko‘rsatkich qariyb 40 foizga oshdi.