Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga turkman alabayini sovg‘a qildi - video

Uning sovg‘a sifatida berilishi o‘sha insonga nisbatan yuksak hurmat ifodasi hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Turkmanistonning Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga turkman alabayi zotiga mansub kuchukchani sovg‘a qildi.
Aytilishicha, uning sovg‘a sifatida berilishi o‘sha insonga nisbatan yuksak hurmat ifodasi hisoblanadi.
Turkman alabaylari — O‘rta Osiyo ovcharkalarining bir turi. Turkmanistonda ushbu zotdagi kuchuklar axalteka otlari bilan bir qatorda milliy boylik hisoblanadi.