TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova Boltiqbo‘yi davlatlari tomonidan Rossiyani "terrorizm homiysi" deb tan olishiga izoh berdi.
TIV vakilining aytishiga ko‘ra, NATO davlatlari shubhani o‘zlaridan chalg‘itish uchun darhol boshqa birovni imnidir ayblashga shoshilishmoqda.
"Siz adresat bilan biroz adashapsiz. Hozir Boltiqbo‘yi mamlakatlarida imzolangan hujjatlarning barchasi ulargning o‘ziga qaratilgan bo‘lishi kerak ...
Ko‘p yillar davomida ekstremistik va terroristik harakatlarni amalga oshirish, tinch aholini o‘ldirish, fuqarolik infratuzilmasini vayron qilish... aynan mana shu davlatlar va ularning rejimlari Kiyev rejimiga ajaratayotgan katta pul va qurol-yarog‘ tufayli sodir bo‘lmoqda. Shuning uchun ular aynan mana shu davlatlarni terrorchining donorlari, homiylarididir", - dedi Zaxarova.
Eslatib o‘tamiz, 18-oktabr kuni Estoniya, Latviya va Litva parlamentlari Rossiyani "terrorchilik homiysi" deb tan oluvchi hujjatni tasdiqlashgan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu hujjatning qabul qilinishi ushbu davlatlar va Rossiya munosabatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki ular allaqachon eng pastki nuqtaga yetgan. Boltiqbo‘yi davlatlari shunday yo‘l bilan o‘zlari uchun ochko to‘plashmoqda, xolos. Bu ochkolar kelajakda qo‘shimcha kreditlar ajratish uchun kera bo‘lishi mumkin.