TOShKENT, 20 okt, Sputnik - Sochlarini tekislash uchun kimoviy vositalardan foydalanadigan ayollarda bachadon saratoniga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi. Bu haqida AQSh sog‘liqni saqlash milliy instituti olimlari xabar berishmoqda
Tadqiqotda 35 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan ayollar ishtirok etishgan. Ma’lum bo‘lishicha, bir yilda 4-martadan oshiq kimoviy tekislovchi vositalardan foydalanadigan ayollarda bachadon saratoniga chalinish xavfi 155% bo‘ladi.
“Hech qachon soch tekislovchi vositalardan foydalanmagan ayollarning 1,64 foizi 70 yoshga kelib bachadon saratoniga chalinadi, biroq bunday kimoviy vositalardan tez-tez foydalanadigan ayollarda xavf 4,05% ga ortadi”,- deyiladi tadqiqotda
Mutaxassislar kimoviy vositalarning aniq brendini o‘rganishmaganini aytib o‘tishgan. Ularning fikricha, saraton kelib chiqishining asosiy sabab vosita tarkibidagi paraben, bisfenol A, metall va formaldegid moddalari bo‘lishi mumkin. Ular bosh terisi orqali konga o‘tishlari mumkin.
Shuningdek, tadqiqotchilar boshqa soch vositalarining saraton bilan bog‘liqligini aniqlashmagan. Bo‘yoq, oqartiruvchi vositalar hamda kimoviy jingalak qilish usullari bunday asoratlarga olib kelmaydi.