Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston orasida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Sammit yakunida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘ndan ziyod hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Ashxobod shahrida "Toshkent" bog‘ining ochilishi, "Xorazm - Toshovuz" chegaraoldi savdo markazi qurilishining boshlanishi ham tashrifning muhim voqealari bo‘ladi.
Ashxobod Shavkat Mirziyoyevni kutib olishga qanday tayyorlanmoqda - foto