Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Mariupolda terakt tayyorlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Zaysevning ma’lum qilishicha, Ukraina xavfsizlik xizmati unga mukofot va’da qilgan va avans to‘lagan.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Donesk xalq respublikasida Ukraina havfsizlik xizmati ko‘rsatmasi bilan Mariupol ma’muriyatida terakt tayyorlashda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda DXR Davlat xavfsizlik vazirligi vakili Mixail Popov ma’lum qildi.

“U Mariupol shahri ma’muriyatida qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirgan”, - dedi Popov.

Uning aniqlik kiritishicha, gap Kamensk qishlog‘ida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan, ishsiz va spirtli ichimliklarni muntazam iste’mol qiluvchi va bir necha bor sudlangan Viktor Zaysev haqida ketapti. Gumonlanuvchi Ukraina xavfsizlik xizmati tomonidan yollangan.
Zaysevning o‘zi RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Ukraina xavfsizlik xizmati unga mukofot va’da qilgan va avans to‘lagan. Uning aniqlik kiritishicha, u 25 ming grivna miqdorida oldindan to‘lov olgan.
Rossiya qo‘shinlari 7-mart kuni Mariupolni qurshab oldi va 21-aprelga qadar deyarli butun shaharni ozod qildi. “Azovstal” zavodida Ukraina Qurolli kuchlarining 2000 dan ortiq harbiy xizmatchilari va jangarilar to‘sib qo‘yildi. May oyining o‘rtalarida natsistlar taslim bo‘lishni boshladi va 20-may kuni Mudofaa vazirligi Mariupolning to‘liq ozod qilinganini e’lon qildi.