TOShKENT, 20 okt — Sputnik. AQShning 35-prezidenti Jon Kennedining uch qorin nari qarindosh jiyani Konnor Ukrainaga yollanma askar sifatida tashrif buyurdi. Bu haqda “Independent”ning Indy100 bo‘limi xabar bergan.
Nashrning yozishicha, Konnor Kennedi bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda gapirgan. U jangovar tajribaga ega emasligini tan olgan, shuningdek, Ukrainaga tashrifi qisqa muddatga bo‘lganini aytgan.
Iyul oyi o‘rtalarida Rossiya Mudofaa vazirligi 24-fevraldan beri Ukrainaga 60 dan ortiq davlatdan yetti mingdan ortiq yollanma askar yetib kelganini ma’lum qildi. Harbiy idoraning rasmiy vakili Igor Konashenkov ta’kidlaganidek, yollanma askarlar jangchilar hisoblanmaydi va kelajakda ularni sud va qamoq kutmoqda.