TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida sportning velosport-shosse turi bo‘yicha “O‘zbekiston kubogi” musobaqalari o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan 20-21 oktabr kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar Bo‘stonliq tumani Toshkent-Chorbog‘ yo‘nalishining 34-kmdan boshlab 47-kmga qadar, 22-oktabr kuni soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 34-kmdan 75-kmga qadar avtotransport vositalari harakati cheklanadi.