AQSh Ukrainani moliyalashtiruvchi “kranni yopib qo‘yishi” mumkin – OAV

Agar respublikachilar saylovlarda g‘alaba qozonsa, AQSh Ukrainaga yordam berishni to‘xtatishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 20 okt — Sputnik. AQSh Kongressi Vakillar palatasiga saylovda respublikachilarning ehtimoliy g‘alabasi Ukrainani moliyalashtiruvchi “kranni yopib qo‘yishi” mumkin, deb yozadi “Axios” partiya a’zolarining bayonotlariga tayanib.

“Odamlar oziq-ovqat narxining 13 foizga oshganini, energiya va kommunal to‘lovlarning narxi ikki baravar ortishini ko‘rganda; agar siz chegara mintaqasida yashasangiz va atrofda migrantlar va fentanillar bo‘lsa, Ukraina sizni xayolingizga keladigan oxirgi narsa”, - deydi Shimoliy Dakotadan Vakillar palatasi a’zosi Kelli Armstrong.

U, shuningdek, Vashingtonning Kiyevni moliyalashtirishga munosabatini o‘zgartirish amerikalik saylovchilar fikrining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘lishini ta’kidladi.
“Menimcha, odamlar tanazzulga yuz tutganida, ular Ukrainaga kart-blansh bermaydi. Ular shunchaki buni qilmaydi”, deydi boshqa respublikachi Kevin Makkarti.
Nashrning qayd etishicha, may oyida Vakillar palatasida 57 nafar respublikachi Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam paketiga qarshi ovoz bergan. Agar Respublikachilar partiyasi bo‘lajak saylovlarda g‘alaba qozonsa, bu raqam sezilarli darajada oshishi mumkin.
Noyabr oyida Qo‘shma Shtatlarda oraliq saylovlar bo‘lib o‘tadi, uning natijasida Vakillar palatasining yangi tarkibi va Senatning uchdan bir qismi shakllantiriladi. Prezidentlik saylovlari 2024-yilga belgilangan.
NI Ukraina AQSh yordamisiz qancha muddatda mag‘lub bo‘lishini taxmin qildi