TOShKENT, 20 okt - Sputnik. Kecha, 19-oktabr kuni O‘zbekistonda zilizila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy vaqt bilan 19:46 da Andijonning uchta tumanida yer silkinishi hodisasi ro‘y bergan. Episentri Andijon viloyati, Buloqboshi tumani. Zilzila koordinatalari: 40,65 gradus shimoliy kenglik; 72,36 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=2,4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 273 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Asaka tumanida 2 ball, 11 km;
Buloqboshi tumanida 2 ball, 12 km;
Andijon shahrida 2 ball, 14 km.