Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainalik asir “Azov”* jangarilari avtomobil haydovchilarini o‘ldirganini so‘zlab berdi

Asirga tushgan UQK podpolkovnigi “Azov”* jangarilari ularga mashina kerak bo‘lgan paytda haydovchilarni o‘ldirishganini eshitganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Ukrainaning millatchi “Azov”* polki jangarilari ularga mashina kerak bo‘lgan paytda haydovchilarni o‘ldirishadi. Bu haqda asirga tushgan UQK 56-alohida motopiyoda brigadasi qo‘mondonligi punkti boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Valentin Altuxov RIA Novostiga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mart oxirlarida uning qo‘mondonligida ikki nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan: serjant Cherniy va uning turmush o‘rtog‘i.

“O‘q yomg‘iri ostida qoldik va uning turmush o‘rtog‘i halok bo‘ldi. Uning qo‘lida ikki yosh bolasi qoldi. U mendan bolalarni Zaporojyega olib borish uchun ruxsat so‘radi. Mendan undan shunday gapni eshitdimki, bir holatda azovchilarga avtomobil kerak bo‘lib qolgan va ular avtomobilni so‘rishni talab qilishgan. Egalari bundan g‘azablanishgan, ular (azovchilar – tahr.) esa ularni avtomobil tufayli shunchaki otib tashlashgan”, - deya ma’lum qildi Altuxov.

Shuningdek, podpolkovnik azovchilar o‘zgalar bolalari bilan Mariupolni tark etishga urinishganini ham so‘zlab berdi.
Avvalroq asirga tushgan “Azov”* jangarilari Mariupolda tinch aholini o‘ldirganlarini tan olishgani xabar qilingan edi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti