Toshkentda isitish mavsumi boshlanmoqda

Ko‘p qavatli turar joy binolari qachondan issiqlik energiyasi bilan ta’minlanishi haqida materialimizda o‘qing.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Toshkent shahridagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 19-oktabrdan issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqida shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘p qavatli turar joy binolarini issiqlik energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 22-oktabrdan ijtimoiy soha obyektlari va 24-oktabrdan ko‘p qavatli turar joy binolarini bosqichma-bosqich issiqlik energiyasi bilan ta’minlash boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti xizmatlarining narxi oshirilmasligi ma’lum qilingandi. Bu bo‘yicha Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi 2022-2023 yillar isitish mavsumi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflarini tasdiqlangan.