TOShKENT, 19 okt - Sputnik. Bu yil Rossiyada g‘alla hosili bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatildi, deb xabar bermoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
“Hozirgi kunga qadar bunker vaznida 147,5 million tonna yig‘ib olindi, yig‘im-terim ishlari davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev Qishloq xo‘jaligi vazirligida tezkor shtab yig‘ilishida yalpi hosilning rejalarini tasdiqladi.
"Biz maksimal 150 millionga etishni kutmoqdamiz. Albatta, bu bizning fermerlarimiz va umuman Rossiya qishloq xo‘jaligi uchun so‘zsiz muvaffaqiyat", dedi u.
Eslatib shtamiz, bugunga iadar Rossiyada eng ko‘p g‘alla hosili 2017-yilda yig‘ib olingan edi. O‘shanda rekord darajadagi hosil – 135,5 million tonna g‘alla, jumladan, 86 million tonna bug‘doy yig‘ib olingan edi. Joriy yilda bug‘doy hosili 100 million tonna, javdar ikki milliondan ortiq, moyli ekinlar hosili 28 million tonnaga yetishi kerak.