Putin migratsiya siyosatini o‘zgartirish zarurligini aytdi

Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Yangi voqelikda Rossiya migratsiya siyosatining amaldagi konsepsiyasini tuzatish zarur. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik kengashi a’zolari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Migratsiya sohasi milliy xavfsizlik, Rossiya va jamiyatimizning barqaror rivojlanishi uchun o‘ta nozik hisoblanadi. Dunyo jadal ravishda o‘zgarmoqda, migratsiya sohasiga ta’sir qiluvchi yangi global va mintaqaviy omillar paydo bo‘lyapti. Shu munosabat bilan, bu o‘zgarishlarga tezkor va samarali munosabatda bo‘lish, yangi voqeliklarni chuqur tahlil qilish asosida ishimizni takomillashtirish zarur”, - deya ta’kidladi Putin.
“Shunday ekan, davlat migratsiya siyosatining amaldagi konsepsiyasini to‘g‘irilash zarurligi ko‘rinib turibdi”, - dedi Rossiya yetakchisi.
U konsepsiya mavjud va mumkin bo‘lgan muammolarning butun majmuasini to‘liq hisobga olishi hamda qonunchilikni yanada takomillashtirish uchun asos bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya prezidentining eslatishicha, tegishli ko‘rsatma ularga 2020-yil mart oyida berilgan.