TOShKENT, 19 okt - Sputnik. AQSh rasmiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Jo Baydenning Indoneziyadagi G20 sammitida uchrashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu haqda “Politico” gazetasi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Nashrning AQSh rasmiylariga tayangan holda yozishicha, ular Bayden rossiyalik hamkasbi bilan yo‘lakda to‘qnashib ketmasligi va G20 sammitida yetakchilar bilan birga suratga tushish vaqtida uning yo‘lini kesib o‘tmasligi uchun choralar ko‘rmoqda.
Prezidentlik davrida Bayden Putin bilan faqat bir marta - 2021-yilda Jeneva sammitida uchrashgan.
Ma’lumot o‘rnida, G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tishi kerak.