Intiqom. AQSh iqtisodiyoti nimalarga duchor bo‘ldi?

Yil davomida Amerika iqtisodiyotining retsessiyaga tushishi muqarrar bo‘lib bormoqda, deya baho berishmoqda g‘arblik ekspertlar. Rasmiylar rekord darajadagi inflyatsiyani jilovlash maqsadida foiz stavkalarini oshirishda davom etmoqda.
Sputnik
Biroq bu bilan ishsizlik va iqtisodiyot tanazzulini kuchaytirishmoqda. Yaqin vaqtlarda AQSh iqtisodiyotini nimalar kutmoqda - RIA Novosti materialida

Retsessiya muqarrar

Bloomberg agentligi iqtisodchilari 100 % lik ehtimol bilan 2023-yil oktabr oyiga kelib AQSh to‘liq retsessiya holatiga tushishini prognoz qilishmoqda. Ishlab chiqarishning to‘xtashi rekord darajadagi inflyatsiya tufayli sodir bo‘ladi. Sentabr oyida yillik hisobda 8,2 foizni tashkil etdi. Mamlakat bunday bo‘lishiga ko‘nikmagan. So‘nggi o‘n yil ichida narxlar yiliga ikki foizdan kam oshgan.

Bunday vaziyat odamlarni oziq-ovqat va benzinni ko‘proq tejashga majbur qilmoqda. Yoqilg‘i uy xo‘jaliklari xarajatlarining asosiy qismini tashkil qiladi. Amerikaliklarning deyarli yarmi narxlar oshishida Jo Baydenni ayblamoqda. Davlat rahbari bu da’volarga qo‘shilmaydi: uning fikricha, Kaliforniyada, bir gallon yoqilg‘i “doimo yetti dollar bo‘lgan”.

Demokratning bu so‘zlaridan respublikachilar g‘azab otiga minishdi. “Kechirasiz, janob prezident, ammo Kaliforniyada doim ham bir gallon yoqilg‘i yetti dollar turmagan. Aslida siz prezident bo‘lgan davrdan, hatto besh dollarlik narx ham qimmat hisoblangan”, - deya yozdi respublikachilardan senatga nomzod Mark Meyzer.
“Siz chindan ham siyosatingiz mamlakatimizni barbod qilayotganini tushunmayapsiz”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Siyosatchilar benzin o‘rtacha narxi deyarli to‘rt dollarga ko‘tarilganini eslatib o‘tishdi.
“Ajoyib ish, Bayden, rekord darajadagi narxlar oshishi uchun”, - deb kinoya qildi Kaliforniya Respublikachilar partiyasi raisi Jessika Millan.
Bundan tashqari, agar prezidentga ishonilsa, AQShda retsessiya bo‘lishi ehtimoli kam.
Baydenning iqtisodiyot masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sesiliya Rouz ham uning so‘zlarini takrorlamoqda. U narxlar oshishiga qarshi kurash samarali bo‘lganiga ishonch bildirmoqda. Boz ustiga, AQSh boshqa mamlakatlarga qaraganda kamroq zarar ko‘rdi, deydi u.
Biroq, Federal zaxira tizimining inflyatsiyaning tezlashishi bilan faol kurashi fonida tahlilchilarning sarosimasi kuchaydi. Regulyator monetar siyosatini keskin o‘zgartirdi. 21-sentabrda bazaviy stavka ketma-ket uchinchi marta - 3-3,25 foizgacha oshirildi. Bu 2008-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
FZTning qarori mamlakatni iqtisodiy tanazzulga olib keladi. Pandemiya boshlanishi bilan regulyator dollarlarni nazoratsiz bosib chiqarishni boshladi. Keyin yumshoq pul-kredit siyosati stavkalarining keskin oshishiga olib keldi.
“Bularning barchasi AQShda sanoat ishlab chiqarishi va chakana savdoning pasayishiga olib kelishi mumkin. YaIM 2023-yilning birinchi yarmida nolga teng o‘sish sur’atlarini ko‘rsatish xavfi ostida”, - deydi “Finmir” marketpleysi xalqaro moliya bozorlari bo‘yicha mutaxassisi Georgiy Svirin .
Tahlilchilar aytishicha, Amerika iqtisodiyotida muammolar yillar davomida to‘planib kelgan. Ko‘pchilik xorijiy ekspertlar mamlakatni 2008- yillar inqirozidan hamon chiqmagan deb hisoblashmoqda. “Aslida kuzatayotganimizning hammasi- mamlakatni shunchaki pul bilan “to‘ldirgan” Amerika rasmiylarining choralari natijasi. Bundan tashqari, 40-yil ichidagi rekord darajadagi inflyatsiya, aholining real daromadlarining pasayishi va ipoteka stavkalarining oshishi. Va shu ham uy-joy kreditlari har qanday mamlakat, ayniqsa AQSh iqtisodiyoti dvigateli bo‘lishiga qaramay sodir bo‘lmoqda”, - deydi investitsiya kiritish amaliy maktabi asoschisi Fodor Sidorov.

Hamma zarar ko‘radi

Ekspertning prognoz qilishicha, FZT bundan keyin ham foiz stavkalarini oshirishda davom etadi. “Bu aholi va biznes uchun mumkin bo‘lgan kreditlarni yo‘qqa chiqaradi. Natijada iste’molchilar talabi kamayadi, bu esa retsessiyani kuchaytiradi”, - deydi u.
Energomanbalar, metall, agroxomasholarga jahon narxlari ham olovga moy sepadi. Bu muammolarni qat’iy monetar siyosat yo‘li bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, AQShda ijtimoiy sektor - ishsizlik nafaqasi, tibbiyot ta’limga sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish haqida aytiladi. Bundan tashqari, transport va kommunal infratuzilmalarida pasayish kuzatilmoqda.
“Bir paytlar Amerika sanoati va mashinasozlik markazi bo‘lgan - Deytrot, qanday ahvolga tushganini eslash kifoya, - deydi Sidorov. - Hozir shahar postapokalipsis haqida filmlardan kadrlarni eslatadi. Viloyatdan biznes allaqachon ketgan”.
AQSh ga yaqinlashayotgan retsessiya haqida birinchi kuni gapirilayotgani yo‘q. Bu haqida o‘tgan yilidayoq moliya vaziri Janet Iyellen gapirgan edi. To‘g‘ri, o‘shanda gap faqat inflyatsiya tezlashgani haqida edi.
Qolaversa, regulyatorning keskin choralari faqatgina amerikaliklarga ta’sir qilib qolmaydi, deb yozadi The Atlantic.
“Global iqtisodiyot xaos holatiga keldi va bu tartibsizlik kuchaymoqda. So‘nggi oylarda AQSh FZT narxlarni meyorlashtirish maqsadida hisob stavkalarini oshirmoqda. Tizim mamlakat ichida inflyatsiyani qisqartirishga qodir emas, biroq u bizda va boshqa mamlakatlarda ham boshqacha muammolar yaratishi mumkin”, - deya ogohlantiradi mualliflar.
FZTning qattiqqo‘l monetar siyosati sarmoyadorlarni obligatsiyalarni dollarda sotib olishga majburlamoqda. Bu esa, o‘z navbatida boshqa pul belgilariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi: milliy valyutasi qadrsizlanayotgan mamlakatlar retsessiya holatiga tushishmoqda va davlat qarzlarini to‘lay olishmayapti. Oqibatda - ularning markaziy banklarini ham foiz stavkalarini ko‘tarishmoqda. Natijada, bu tanazzulga olib keladi. “Chunki AQSh global yalpi ichki mahsulotning deyarli 40 foizini iste’mol qiladi (ya’ni bir yilda dunyoda ishlab chiqarilgan barcha tovarlar xizmatlar), Amerika iqtisodiyotidagi inqiroz global global retsessiyani keltirib chiqaradi. Va bu allaqachon boshlangan”, - deya alohida ta’kidladi Sidorov. Shu bilan birga, AQShning davlat qarzi ham tez sur’atlar bilan oshib bormoqda. U allaqachon 31 trillion dollardan oshgan. Bu asosan ichki majburiyatlar.
Hozircha Amerika iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik iqtisodiyot, dollar esa- zaxira valyutasi, qo‘rquvga hojat yo‘q, deyishmoqda tahlilchilar. Xizmat ko‘rsatish narxi oshayotgani boshqa masala. 2029-yilda u 8,1 trillion dollar bo‘lishi kerak. Yechimni hozircha topishdi: Jo Bayden budjet xarajatlarini qisqartirishni rejalashtirmoqda.
“Qarzlar bilan inqiroz boshlangan taqdirda ham, masalan, 2014-yilda Yevropaning periferik mamlakatlari bilan bo‘lgan taqdirda, investorlar AQSh davlat obligatsiyalarini faol ravishda sotib olishda boshlashadi. Shu bilan ularga bo‘lgan talabni qo‘llab - quvvatlashadi, xuddi Amerika valyutasidek. Dollar yaqin oylarda mustahkamlanishda davom etadi. Yil so‘nggiga qadar u nafaqat 70-75 rubl diapozonida qolishi, balki ko‘tarilishi- 78-80 rublga yetishi mumkin”, - deydi Georgiy Svirin.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, inqiroz davrida global sarmoyadorlar dollarga sarmoya kiritadilar, chunki juda kam odam undan voz kechishga qodir - hamma AQSh iqtisodiyotiga qattiq bog‘langan. Amerika valyutasi xalqaro hisob-kitoblarning 41 foizini, yevro esa 35,5 foizni tashkil qiladi. Uchlikni funt 6,45 ko‘rsatkich bilan funt sterling turibdi.