TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 18-oktabrdagi qarori 609-son qarori bilan O‘zbekistonning elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari tasdiqlandi.
Qoidalarga muvofiq, qurilishi tugallangan IES, GES, QES, ShES va boshqa elektr ishlab chiqaruvchi stansiyalar ekspluatatsiyaga qabul qilinishi kerak.
Ekspluatatsiyadan oldin quyidagilar amalga oshiriladi:
uskunalarning individual sinovlari, asosiy va yordamchi uskunalarning sinov tarzida ishga tushirilishi bilan tugaydigan energobloklar uchun alohida tuzilmalarning funksional sinovlari;
uskunalarning kompleks sinab ko‘rilishi.
Energetika obyektlarida ishlashga maxsus ma’lumotga ega va tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Tezkor va tezkor-ta’mirlash xodimlari kamida 3 oyda bir marta avariyaga qarshi nazorat mashg‘ulotlarini o‘tishlari shart.
Shuningdek, qoidalarda energetika obyektlarining ekspluatatsiyasini tashkil etish ustidan texnik va texnologik nazorat qilish, texnik xizmat ko‘rsatish va modernizatsiya qilish tartibi belgilangan.