TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Ukraina AQSh va NATOning harbiy yordamisiz bir oy ham dosh berolmaydi, deb taxmin qildi Amerikaning “National Interest” jurnali bosh direktori Dmitriy Sayms.
“Vladimir Zelenskiy hukumati AQSh va NATOning misli ko‘rilmagan harbiy, moliyaviy va siyosiy yordamiga to‘liq qaram. Ularsiz Ukraina Rossiya hujumiga bir oy ham bardosh berolmagan bo‘lardi”, - deb hisoblaydi Sayms.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Oq uyning Kiyevga Vashington va Moskva o‘rtasidagi Ukrainaga taalluqli har qanday kelishuvlarga taqiq qo‘ya olish huquqini berish qarori xatodir.
“National Interest” jurnali bosh direktorining fikricha, NATO mojaroni diplomatik yo‘llar bilan hal qilishga urinmay, Ukrainani qancha kerak bo‘lsa shuncha qo‘llab-quvvatlashi shart deb o‘ylash ham xato.
Rossiya Ukrainada Donbass aholisini himoya qilishga qaratilgan maxsus harbiy operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari Kiyevga qurol-yarog‘ yetakazib berishni ko‘paytirishdi. Moskva bir necha marta G‘arb yetkazib berayotgan qurol-yarog‘ mojaroni faqat cho‘zishi va ular Rossiya armiyasining qonuniy nishoni bo‘lishini ta’kidlagan.