TOShKENT, 18 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-oktabr kuni “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasiga borib, Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.
Kadastr raqamlashtiriladi
Shavkat Mirziyoyev aytishiga ko‘ra, Toshkent shahri bundan buyon faqat kelajakni o‘ylab, arxitektura va ekologik talablar asosida rivojlanadi.
– Toshkent – azim poytaxtimiz, mamlakatimizning eng katta shahri. Besh yilda investitsiyaga, tadbirkorlarga sharoit yaratdik, yangi uylar, zamonaviy inshootlar qurildi. Bu ham kerak. Endi kelajakni o‘ylab, strategiyani aniq belgilab olmasak, o‘n yildan keyin shaharda yashash qiyin bo‘lib ketadi. Qo‘shimcha bosimni infratuzilma ko‘tarmaydi. Endi xato qilishga haqimiz yo‘q. Xalq uchun yaratilishi kerak bo‘lgan qulayliklarni hisobga olib, loyihani 50-yil oldin to‘g‘ri qilmasak, shaharning arxitekturasi ham, iqtisodiyoti ham, ekologiyasi ham bo‘maydi, – dedi Prezident.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom Generalnogo plana goroda Tashkenta do 2045 goda.
Ko‘zda tutilayotgan ishlardan biri shuki, Toshkent shahri kadastri raqamlashtirilib, hududlarning toifasi ochiq-oshkora qayd etib qo‘yiladi. Aholi o‘z mahallasi yoki tadbirkorlar biznes ochmoqchi bo‘lgan yerining qanday hududda joylashganini internet orqali bemalol ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Yangi uylar shahar tashqarisida bo‘ladi
Bugungi kunda Toshkent shahrining hududi 43 ming gektar, aholi soni 3 millionga yaqinlashgan. Infratuzilma tarmoqlariga yuklama ortgan. Transportlar ham kun sayin ko‘payib, yo‘l harakati qiyinlashib bormoqda. Chang, tutun ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom Generalnogo plana goroda Tashkenta do 2045 goda.
Tirbandlik muammosini hal etish uchun jamoat transporti qulaylashtiriladi. Buning uchun aholi uyidan 15 daqiqa piyoda yuradigan masofada bekat bo‘lishi talab etiladi. Shuningdek, “Park and ride” tamoyili asosida, shahar chekkalarida avtoturargohlar tashkil etilib, jamoat transporti bekatlari bilan bog‘lanadi.
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi “Yangi Toshkent” konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangan. Bu yangi shahar poytaxtimizning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv darolari oralig‘ida barpo etiladi. 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Yashil hududlar tashkil etiladi
Global isish kuzatilayotgan bugungi dunyoda yashillik juda muhim. Bugungi kunda Toshkent shahrida 7 ming gektar yashil maydonlar mavjud. Bosh reja loyihasida yashil hududlar yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Jumladan, katta halqa yo‘li atrofida “yashil kamar” yaratish, shahardan o‘tgan kanallar bo‘yida tematik bog‘lar tashkil etish ko‘zda tutilgan. Umuman, Toshkentda yashil hududlarni 25 ming gektarga yetkazish maqsad qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom Generalnogo plana goroda Tashkenta do 2045 goda.
Shundan kelib chiqib, istiqbolli rivojlanish va qurilish hududlari, yangi shahar bilan poytaxtni birlashtiruvchi asosiy yo‘llar sxemalari ishlab chiqilgan. Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik qilish rejalashtirilgan.
Bino bilan birga infratuzilma ham quriladi
Yana bir muhim chora – binolarga ijtimoiy talablar belgilash. Masalan, shahar ichida ko‘p qavatli inshoot qurilgudek bo‘lsa, uning turiga qarab, maktab, bog‘cha, maishiy xizmat, avtoturargoh o‘rni, ko‘kalamzorlashtirish maydoni kabi meyorlar qo‘yiladi.
– Shaharni rivojlantirish bo‘yicha bu stratageyamizni dunyodagi yetuk mutaxassislar ham ma’qulladi. Endi har bir joy bo‘yicha xalq fikrini olib, aql bilan, sifatli qurish kerak. Bu yangi shahar xalqimizga munosib, iqlimimizga mos, zamonaviy bo‘lishi zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident, shuningdek, ushbu ulkan loyihaga yosh mutaxassislarni jalb etish, tajribasini shakllantirish, tuman va shaharlar arxitekturasini mutanosib rivojlantirish zarurligi ta’kidladi. Va Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Namangan kabi boshqa shaharlarimizda ham loyihalashtirish markazlari ochish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s proyektom Generalnogo plana goroda Tashkenta do 2045 goda.