"Toshkent - Xoshimin" parvozlari yo‘lga qo‘yiladi

Birinchi yo‘lovchi reysi 15-dekabrga belgilangan. Parvozlar Airbus A-33 samolyotlarida 10 kunda 1-marta amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Vyetnamning “VietJet Air” aviakompaniyasi Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi yo‘lovchi reysi 15-dekabrga belgilangan. Parvozlar Airbus A-33 samolyotlarida 10 kunda 1-marta amalga oshiriladi.
“VietJet Air” — xalqaro arzon (loukoster) aviakompaniya bo‘lib, Vyetnamda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Xoshimin shahrida joylashgan birinchi xususiy aviakompaniyadir.
“VietJet Air” besh yil davomida (2017-2021 yillar) AirlinesRating tomonidan eng yaxshi ultra arzon aviakompaniya sifatida e’tirof etilgan.