Faqat aqldan ozganlargina Rossiya chegarasi yaqinida yadroviy to‘qmoq bilan dag‘dag‘a qilishi mumkin. AQSh yevropalik ittifoqdoshlarini mavjud bo‘lmagan rus tahdididan “himoya qilish”ning eng ishonchli yo‘lini topganga o‘xshaydi - ular Yevropani termoyadroviy kallaklar bilan nishonga olib yo‘q qilish. Bundan so‘ng materikda ham Shimoliy Amerikada ham hayot tugaydi. Lekin so‘nggi 75-yilda birorta ham harbiy g‘alabaga erishmaganligi va sharmandali mag‘lubiyatlar ketma-ketligi Pentagon va NATO strateglariga saboq bo‘lmagan ko‘rinadi. Alyans o‘zining tajovuzkor va vahshiy marafonini davom ettirmoqda.
"Steadfast Noon" mashg‘ulotlari NATOning 14 mamlakati ishtirokida 17 - 30-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Mashqlar episentri - Belgiya harbiy-havo kuchlarining Limburg provinsiyasida joylashgan Klayn Brogel bazasi bo‘lib, u yerda AQShning V61 termoyadroviy bombalari saqlanadi.
Manyovrlardanch ko‘zlangan maqsad - Yevropaning shimoli-g‘arbiy qismida, Belgiya va Britaniya havo bo‘shlig‘ida, shuningdek, Shimoliy dengiz ustida yadroviy to‘xtatib turishni, ya’ni - raqibga yadroviy zarba berishni sinovdan o‘tkazish.
Asosiy rolni Amerikaning 60 ta termoyadroviy aviabombalari va raketa tashuvchi V52 bombardimonchilari hamda F-16 qiruvchilari o‘ynaydi. Ularning bortda bombalar mavjud emasligi haqidagi xabarlarga ishonib bo‘lmaydi, chunki ularsiz yadroviy mashg‘ulotlar o‘tkazish - ma’nisizdir.
Eslatib o‘taman, Belgiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Turkiyada 150 tadan 200 gacha V61-12 tipidagi Amerika yadroviy bombalari doimiy saqlanadi. Ularning har birining qudrati - taxminan ikkita Xirosimaga teng. B-52H samolyotlari AQShdan nima olib kelgani noma’lum, biroq Stratofortress taktik yadroviy qurol tashuvchisi emas. Har bir "Strateg"ning jangovar yuklamasi - 31 tonnadan ortiq, arsenalda - uzoqligi 980 kmlik AGM-158A/B JASSM-ER va uzoqligi 2400 km gacha bo‘lgan (termoyadroviy jangovar qismli) AGM-86 CALCM qanotli raketalarining bir nechta modifikatsiyalari bor.
Ya’ni, manyovrlar Rossiyadan e’lon qilingan xavfsiz masofada (1000 km) emas, balki Moskva va Rossiya Federatsiyasining g‘arbiy qismidagi boshqa yirik shaharlariga yaqin masofada, strategik yadro qurollaridan jangovar foydalanish mumkin bo‘lgan masofada o‘tkazilmoqda.
Yaqinda alyans bosh kotibi Yens Stoltenberg "Steadfast Noon" mashg‘ulotlarining ahamiyati haqida gapirdi: “NATOning qat’iy, kutilgan harakati, bizning harbiy qudratimiz - eskalatsiyani oldini olishning eng yaxshi yo‘li”.
Ukrainadagi (shuningdek, Iroq, Afg‘oniston, Suriya, Liviya, Yugoslaviya mamlakatlaridagi) voqealar - NATO eskalatsiya instrumenti ekanligi, va boshqa hech nima bajara olmasligini tasdiqlaydi. "Steadfast Noon" manyovrlari - shak-shubhasiz Rossiya, Yevropa va dunyoga tahdiddir. Amerikalik ittifoqdoshlarning Eski Dunyoda RF ga muntazam yadroviy hujumlarga tayyorlanayotgan “ikki maqsadli” samolyotlari nihoyatda ko‘p. Aynan shuning uchun NATO mamlakatlari doimo Rossiya yadroviy triadasining nishoni ostida.
“Momaqaldiroq” gumburlamasidan avval
"Steadfast Noon" mashg‘ulotlari Yevropa mamlakatlarida har yili o‘tkaziladi. 14 mamlakatning harbiy-havo kuchlaridan jangovar foydalanish tafsilotlari yashirin bo‘lsada, harbiy operatsiya maqsadini yashirish amri mahol. NATO mamlakatlarida zenit-raketa komplekslari va havo hujumiga qarshi mudofaaning integratsiyalashgan tizimlarining yo‘qligi - “ himoya alyans”ining tajovuzkor va hujumkor doktrinasini yana bir bor tasdiqlaydi.
Amerika termoyadroviy bombalarini qabul qilish va tashish, foydalanishga tayyorlash (dasturlash) va samolyot bo‘linmalariga yuklash haqiqatda mashq qilinmoqda. Parvozlar go‘yoki yadro qurolisiz amalga oshirilmoqda. Biroq, rus radarlari B-52H yoki F-16 Rossiya Federatsiyasi chegaralari yaqinida qanday jangovar kallak olib ketayotganini ko‘rsatmaydi. Shu sababli ushbu samolyotlarning paydo bo‘lishining o‘zi - maksimal xavf deb qabul qilinadi. Qolaversa, “Steadfast Noon” manyovrlari chog‘ida NATOni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy mojaroga jalb qilish uchun texnogen falokatlar, chaqmoq chaqishi, yong‘in chiqishi va hatto Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan terakt amalga oshirilishi ham istisno etilmagan.
NATOning yadroviy siyosatiga ko‘ra ittifoqdosh mamlakatlar favqulodda vaziyatda AQShning Yevropada joylashgan V61-12 havo bombalaridan foydalanishi mumkin. Favqulodda vaziyatning aniq mezonlari yo‘q, talqin qilish imkoni bor. Ukrainadagi jangovar harakatlardagi faol ishtirokiga qaraganda, alyansning alohida mamlakatlari rahbariyati (nafaqat Polsha) mas’uliyatsiz, o‘ylamasdan va har qanday oxiri voy harakatga tayyor. Blokning ichki bo‘linmalari "Steadfast Noon" urush o‘yinlarining texnologik xavfsizligiga shubhalarni ko‘paytiradi. Tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash maqsadlarining birorta dalili yo‘q, bunda faqat eskalatsiya uchun keng imkoniyatlar bor.
Bundan tashqari, AQSh bir tomonlama tartibda O‘rta va qisqa masofali raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqan va yadroviy kallakka ega (yevropaliklar uchun maxsus) turdagi yerga asoslangan o‘rta masofali mobil raketa tizimini ishlab chiqmoqda. Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi mashg‘ulotlar davomida amerikalik bombardimonchilar muntazam ravishda Kaliningrad viloyati va Sankt-Peterburgga yadro zarbalari berishni mashq qilishmoqda.
Geosiyosiy raqiblarining hatti-harakatlariga Moskva jiddiy javob qaytaradi. G‘arb Rossiyaning “Momoqaldiroq” mashqlari hamda Rossiya yadro triadasi (Havo-kosmik kuchlari, Harbiy-dengiz floti va Strategik raketa qo‘shinlari) tomonidan javob mashqlarini kutib qoldi.
Norvegiyaning "Faktisk" nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya allaqachon “Norvegiyadan 20 mil uzoqlikda” 11ta Tu-160 va Tu-95 strategik bombardimonchi- raketa tashuvchilarini joylashtirgan. Ular “AQSh va butun Yevropadagi nishonlarga yadroviy qurol bilan hujum qilishga qodir”. Maqolada aytilishiga ko‘ra, strategik bombardimonchilar Kolsk yarimorolida uzoq vaqtga joylashtirilgan. Ajablanarlisi, nashr buni NATOning Yevropaning shimoli - g‘arbida Finlyandiya va Shvetsiya hisobiga kengayishi bilan bevosita bog‘liqligini payqamagan.
Avvalroq Rossiya va AQSh Strategik qurollarni qisqartirish bo‘yicha 3-shartnoma (DSNV) doirasida strategik hujum qurollari soni bo‘yicha ma’lumotlar almashgan edi - umumiy hisobda shay holda 5720 dan ko‘p qurollar bor ekan. Bu Yerdagi hayotni bir necha bor yo‘q qilishga yetarli.
Undan tashqari Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQShda “hisobga olinmagan” 41ta V-52N (yadroviy quvvatga ega) og‘ir bombardimonchilar hamda 56 ta "qayta jihojlangan" ballistik raketalarga ega Trident-2 suvosti kemalari haqida ma’lumotga ega bo‘lgan. Ikki yirik yadro derjavalari o‘rtasida keskin qarama-qarshilik davom etmoqda. Steadfast Noon - Uchinchi Jahon urushining repetitsiyasi. Unda AQSh va NATO halokatga mahkum.