“Shimoliy oqim”ning shikastlangan qismi aks etgan video paydo bo‘ldi

Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Shvetsiyaning “Expressen” gazetasi “Shimoliy oqim” gaz quvurining shikastlangan qismi aks etgan ilk kadrlarni namoyish etdi.
Suvosti uchuvchisiz uchar qurilmasi olgan videoda gaz quvuridagi jiddiy shikastlangan joylarni ko‘rish mumkin. Quvurning ayrim qismlarida o‘tkir uchlari chiqib turgan yoriqlar bor. Metall ancha zarar ko‘rgan. Dengiz tubida juda kuchli portlash izlarini ham ko‘rish mumkin.
“Bunday qalin metallga shikast yetkazish uchun, ko‘rib turganimizdek, katta sa’y-harakat talab etiladi”, - degan dron operatori Trond Larsen.
Pervie kadri povrejdeniy "Severnogo potoka"
Shvetsiyada gaz quvurlaridagi portlashni “Säpo” xavfsizlik politsiyasi surishtirmoqda.
O‘z navbatida, Kopengagen politsiyasi qurolli kuchlar ko‘magi va Norvegiya xavfsizlik xizmati politsiyasi bilan hamkorlikda Boltiq dengizidagi favqulodda vaziyatning dastlabki surishtiruv ishlarini olib borganini ma’lum qildi.
“Surishtiruv Daniyaning iqtisodiy hududidagi “Shimoliy oqim-1” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlariga katta zarar yetkazilgani va zarar kuchli portlashlar sabab yetkazilganini tasdiqladi”, - deyiladi xabarda.
Pervie kadri povrejdeniy "Severnogo potoka"

“Shimoliy oqimlardagi” portlashlar

Rossiyadan Germaniyaga tortilgan “Shimoliy oqim 1” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlarining bir nechta tarmoqlarida bosim birdan pasaydi. Kamida to‘rtta joydan gaz sizib chiqishi qayd etilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga qasddan uyushtirilgan qo‘poruvchilik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
“Nord Stream AG” gaz quvurlari operatori yetkazilgan zararni misli ko‘rilmagan deb atamoqda, ularni qayta tiklash muddatiga baho berishning hozircha imkoni yo‘q.
“Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” ishlashga tayyor to‘liq tayyor gaz quvurlari edi. Birinchisidan gaz uzatish gohida G‘arb sanksiyalari sharoitida ta’mirlash, profilaktika ishlari va sertifikat olish uchun to‘xtatilgandi. Ikkinchisini sertifikatlashni Germaniya 22-fevral kuni to‘xtatib qo‘ygandi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Shimoliy oqim”da sodir bo‘lgan voqeani misli ko‘rilmagan qo‘poruvchilik harakati, gaz quvurlariga qarshi xalqaro terrorchilik akti deb atadi.

Mavzuga oid:

Ular "o‘quv-mashqlar o‘tkazgan": “Shimoliy oqim”dagi diversiya kimga kerak edi?
Blinken AQShning “Shimoliy oqim”larga hujum qilish sabablarini oshkor qildi – Zaxarova
"Shimoliy oqim"lar portlatilishidan AQSh foyda ko‘radi – Patrushev
“Shimoliy oqim”da favqulodda holat: Yevropa eng yomon holatga tayyorlanmoqda