TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Belarusning Vitebsk viloyati delegatsiyasi Qashqadaryo viloyati bilan hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalar imzoladi. Bu haqda BelTA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Belarus delegatsiyasi 10-13 oktabr kunlari Qashqadaryoda bo‘lgan va ishchi safari chog‘ida tomonlar Belarus tovarlarini O‘zbekiston bozoriga yetkazib berish masalalarini muhokama qilgan.
Qashqadaryo va Vitebsk 3 million dollarlik shartnomalar imzoladi
© Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Vitebsk viloyat ijroiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, go‘sht va sut mahsulotlari, elektr jihozlari va kabel mahsulotlari O‘zbekiston tomonida alohida qiziqish uyg‘otgan.
Yig‘ilishda imzolangan import-eksport shartnomalari hajmi 3 million dollarni tashkil etgan. Bunga neft sanoati uchun mahsulotlar, o‘lchov asboblari va uskunalari kiradi.
Qashqadaryo va Vitebsk 3 million dollarlik shartnomalar imzoladi
© Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Bundan tashqari, hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzilgan. Ikki tomonning erkin iqtisodiy zonalari hamda go‘sht-sut sanoati korxonalari direksiyalari ham hamkorlik memorandumlarini imzolagan.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etishda Belarus tajribasidan foydalanish niyatida. Misol uchun, sut sanoatida malakali mutaxassislar yetishmayapti — ular bu bo‘shliqni Belarus universitetlari ishtirokida to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
Qashqadaryo va Vitebsk 3 million dollarlik shartnomalar imzoladi
© Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
“Biz uchun O‘zbekiston Osiyoga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan juda qiziq mamlakat”, - dedi mintaqa hukumati rahbari o‘rinbosari Anjelika Nikitina. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelgusida hamkorlik rejalari yagona yo‘l xaritasida birlashtiriladi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Vitebsk viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2022-yilning sakkiz oyida 17 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan ikki baravarga oshgan. Shundan 12,1 million dollari Belarus eksporti hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qashqadaryo va Vitebsk 3 million dollarlik shartnomalar imzoladi
© Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Vitebskdan O‘zbekiston bozoriga yetkazib berilayotgan mahsulotlarning qariyb yarmini dori vositalari, go‘sht, quruq sut, bolalar ovqatlari, poliyetilen tashkil etadi. Qarama-qarshi yo‘nalishda, asosan, meva va sabzavotlar, shuningdek, iplar va mis simlar eksport qilinadi.