TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxtdagi tirbandlik muammosini hal etish uchun jamoat transporti qulaylashtiriladi. Buning uchun aholi uyidan 15 daqiqa piyoda yuradigan masofada bekat bo‘lishi talab etiladi.
Shuningdek, “Park and ride” tamoyili asosida, shahar chekkalarida avtoturargohlar tashkil etilib, jamoat transporti bekatlari bilan bog‘lanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklash rejalashtirilayotgani xabar qilingan edi.