TOShKENT, 18 okt — Sputnik. “IrAero” aviakompaniyasining "Novosibirsk — Andijon — Novosibirsk" yo‘nalishidagi parvozi texnik nosozlik tufayli kechiktirildi. Bu haqida Uzbekistan Airports xabar berdi.
Hozirda samolyotga Novosibirsk aeroportida texnik xizmat ko‘rsatilmoqda. Parvoz Novosibirsk vaqti bilan, soat 15:00 da uchishi rejalashtirilgan.
“Andijon aeroporti parvozlar jadvali o‘zgarganligi ortidan reysni qabul qila olmasligi sababli, IAE7771 reysi Farg‘ona ayeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 17:50 da yetib keladi”, deyiladi xabarda.
Farg‘ona aeroportidan qaytish reysi 18-oktabr kuni soat 18:45ga belgilangan. Novosibirskka yetib kelish esa 21:15 da rejalashtirilgan.
Aytilishicha, IAE7772 reysi yo‘lovchilariga Andijon aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da yetib kelishlari haqida xabar tarqatiladi.
Shu munosabat bilan, Novosibirskga IAE7772 reysi bilan uchayotgan yo‘lovchilar uchun Andijon aeroportidan Farg‘ona aeroportiga transfer tashkil qilinadi.