“Fox News”: Bayden xatolari bu qishda amerikaliklarga qimmatga tushadi

Bu yilgi qish mavsumida amerikaliklarning gaz uchun o‘tgan yilga qaraganda o‘rtacha 30 foiz ko‘proq pul to‘lashlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 18 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Baydenning mamlakatning energetika resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish to‘g‘risidagi qaror gaz narxining keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Fox News” telekanali.
Ta’kidlanishicha, AQShning energetika axborot boshqarmasi bu yilgi qish mavsumida amerikaliklarning gaz uchun o‘tgan yilga qaraganda o‘rtacha 30 foiz ko‘proq pul to‘lashlariga to‘g‘ri kelishini ma’lum qilgan.
Gaz narxining oshishidan tashqari, amerikaliklarni sovuqroq qish ham kutib turibdi, shu sabab butun mamlakat bo‘ylab gazdan o‘rtacha foydalanish besh foizga oshadi, deya telekanal Energetika axborot boshqarmasi ma’lumotlarini keltirgan.
“Fox News”ning ta’kidlashicha, Bayden prezidentlik lavozimiga kirishgandan buyon yoqilg‘i qazilmasini qazib olishni cheklovchi qator choralarni ko‘rgan va bu yuzaga kelgan vaziyatga ta’sir ko‘rsatgan.
ACS tadqiqot burosi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikadagi uylarning deyarli yarmida isitish uchun tabiiy gazdan foydalaniladi.
G‘arb mamlakatlarida Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritilishi va Rosssiya yoqilg‘isidan voz kechish sabab energiya resurslari narxi ko‘tarildi va inflyatsiya avj oldi.
Energiya resurslari, avvalo gaz narxi oshishi ortidan Yevropadagi sanoat inqirozi kuzatilmoqda va bu o‘z navbatida iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Yevropa sanoati inqiroz yoqasida