"Yandeks" Samarqanddagi Axborot texnologiyalari haftaligida ishtirok etadi

Tadbir 24-27 oktabr kunlari Samarqand shahridagi Kongress markazida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiyaning "Yandex" kompaniyasi “ICTWeek Uzbekistan 2022”axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi ishtirokchisiga aylandi. Tadbir 24-27 oktabr kunlari Samarqand shahridagi Kongress markazida bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Yandeksdan tashqari tashqari “Innotex”, “It Park”, "Uztelekom", “Bilayn” va boshqa kompaniyalar, jumladan Huawei va ZTE korporatsiyalari ham ishtirok etadi.
Mazkur tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan yirik va muhim tadbirdir.
An’anaga ko‘ra, haftalik bir qator ixtisoslashtirilgan tadbirlarni yagona formatda birlashtiradi. “ICTWeek”ning asosiy maqsadi tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar yutuqlarini namoyish etish uchun platforma yaratishdan iborat.
Shuningdek, bu yerda xorijiy investorlarga O‘zbekiston IT -bozorining jozibadorligi, davlat, kompaniyalar va iste’molchilarning o‘zaro hamkorligi namoyish etiladi. Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar mahalliy va xorijiy kompaniyalarning so‘nggi ishlanmalarini ko‘rishlari mumkin.