TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Kuvaytda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida 2000 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida eng yaxshi natija qayd etgan Dilshoda Usmonova (6:55,41) oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, langarcho‘pga tayanib sakrash dasturida Jasmina Mansurova 3,60 metr bilan kuchli uchlikdan joy oldi. U jamoaga bronza medalini taqdim qildi.
Oltin medal:
Sharifa Davronova (uzunlikka sakrash);
Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash);
Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash);
Nodir Norboyev (ko‘pkurash);
Dilshoda Usmonova (2000 m, to‘siqlar osha).
Kumush medal:
Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash).
Bronza medal:
Jasmina Mansurova (langarcho‘pga tayanib sakrash).
O‘zbekiston terma jamoasi umimiy hisobda 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini jamg‘ardi.