O‘zbekiston ziyorat turizmi imkoniyatlari Rossiya mintaqalarida faol targ‘ib qilinmoqda

Yekaterinburgdagi masjidlarda O‘zbekiston ziyorat turizmiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Ural federal okrugida mamlakat ziyorat turizmini targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli tadbirlarni amalga oshirmoqda.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, oktabr oyida Yekaterinburgdagi masjidlarda Bosh konsulxona xodimlari O‘zbekiston ziyorat turizmiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazishgan. O‘zbekiston ziyorat turizmi salohiyati, xususan, mamlakatda joylashgan muqaddas ziyoratgohlar haqida batafsil ma’lumot berishgan.
Islom sivilizatsiyasi rivojiga katta hissa qo‘shgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy va boshqa ulamolar merosining ahamiyati tushuntirilgan. Shuningdek, Toshkentda saqlanayotgan Usmon Qur’onining Islom olamidagi tarixiy ahamiyati qayd etildi.
Ziyoratgohlarning yagona milliy portali yaratildi
O‘zbekistonda ming 200 dan ziyod ziyoratgoh bor. Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-sentabr kuni mamlakat turizm salohiyatini oshirishgan bag‘ishlangan yig‘ilishda ziyorat turizmini rivojlantirish, yiliga kamida 1 million sayyohni jalb qilish mumkinligini ta’kidlagan edi.