Bu qiziq

Grippga qarshi xalq orasida mashhur, biroq befoyda usullar va dorilar

Shifokorning aytishicha, gripp vaqtida ko‘p issiq suyuqlik iste’mol qilish kasallikka qarshi kurashishda yordam bermaydi.
Sputnik
Shifokor terapevt Oleg Abakumov qaysi xalqona usullar gripp kasalligida yordam bermasligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, ko‘p issiq suyuqlik iste’mol qilish kasallikka qarshi yordam bermaydi.
“To‘g‘ri, ko‘p suyuqlik ichish grippda zarar qilmaydi, biroq suv iliq bo‘lishi kerak, qaynoq emas. Shirin bo‘lmagan, biroz nordon suv ichgan ma’qul”, - deydi shifokor.
Shifokorning ogohlantirishicha, qaynoq ichimlikni sut va asal bilan iste’mol qilish ham foyda bermaydi. Shuningdek, S vitamini, sitrus mevalar grippni yengishda befoyda ekanini aytdi. Aksincha, sitrus mevalar oshqozon shilliq qavatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Terapevt shu bilan birgalikda shamollashda turli hayvon yog‘lari iste’mol qilish oshqozon -ichak tizimiga zarar yetkazishidan ogohlantirdi.
Bundan tashqari, shifokor piyoz, sarimsoq ham grippda foydali emasligini aytdi. Darvoqe, ingalyatsiya- bug‘lanishning ham foydali emasligi, balki u tufayli nafas yo‘llari va terini kuydirib olish xavfi borligini ma’lum qildi.