TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Buyuk Britaniyaning konservativ partiya a’zolari Krispin Blant, Endryu Bridjen va Jeymi Uollis bosh vazir Liz Trass iste’foga chiqishi kerakligini aytdi.
OAV xabarlariga ko‘ra, Blant bosh vazirni lavozimini tark etishga chaqirgan birinchi Tori a’zosi bo‘lgan.
“Yo‘q. Menimcha, o‘yin tugadi”, - deb javob bergan u jurnalistning Trass “omon qola oladimi” degan savoliga.
Blantning so‘zlariga ko‘ra, partiya rahbariyati sobiq moliya vaziri Rishi Sunak, jamoatlar palatasi rahbari Penni Mordont va moliya vaziri Jeremi Xantning birgalikdagi boshqaruviga o‘tkazilishi kerak.
“Telegraph” nashrining yozishicha, Bridjen mamlakat, xalq va partiya yaxshirog‘iga loyiq ekanini aytgan.
Uollis, o‘z navbatida, Trassni iste’foga chiqishga chaqirib, unga xat yozgan. Uollisning ta’kidlashicha, chunki u endi Britaniyaning ishonchini qozona olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Liz Trass sentabr oyining boshida Britaniya konservatorlari rahbari etib saylandi va bosh vazir lavozimini egalladi. Trass partiya a’zolarining 81,3 ming ovozini oldi. Uning raqibi, sobiq moliya vaziri Rishi Sunak 60,4 ming ovoz oldi.