Andijondagi ayrim ko‘chalarda transport tezligini pasaytirish rejalashtirilmoqda

Andijon viloyati IIB YHXB taklifiga binoan, viloyatda transport vositalarining harakat tezligini cheklash uchun “Yuqori tezlik cheklangan“ (60 km/soat) ĭŭl belgilari ŭrnatilishi kutilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Andijon viloyat Kengashi qirq uchinchi sessiyasida viloyatdagi 52 ta ko‘chada harakat tezligini 60 km.soat etib belgilash taklif etildi. Bu haqida 14-oktabr kuni Kengash tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, mazkur hududlardagi avtomobil ĭŭllarida harakat xavfsizligini ta’minlash, ĭŭl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida transport vositalarining harakat tezligini cheklash uchun “Yuqori tezlik cheklangan“ (60 km/soat) ĭŭl belgilari ŭrnatish zarurati vujudga kelmoqda.
Andijon viloyati IIB YHXB taklifiga asosan, viloyatning bir qator hududlarida yo‘l-transport hodisalarini oldini olish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida“Uqori tezlik cheklangan“ (60 km/soat) ĭŭl belgilari o‘rnatiladi.
Yo‘l belgilari quyidagi ko‘chalarga o‘rnatiladi:
Andijon shahar - O‘zbekiston, Boburshox, Toshkent, Usmon Yusupov, A.Fitrat, Dukchi Eshon, Universitet, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Yu.Otabekov, Nayman, Cho‘lponshox va Soy ko‘chalarining taklif etilgan qismlariga;
Andijon tumani - Poloson mahallasi, Chem mahallasi, Mart mahallasi, Sanoat mahallasi, Sho‘ro mahallasi;
Asaka tumani - Imom Buxoriy ko‘chasi, Umid ko‘chasi;
Baliqchi tumani - Markaz (davlat ahamiyatidagi 4R112 Farg‘ona xalqa yo‘li "avtomobil yo‘lining — 101−106 kmlar" oralig‘i) Chinobod shaharchasi (davlat ahamiyatidagi 4R112 Farg‘ona xalqa yo‘li "avtomobil yo‘lining — 113−118 kmlar oralig‘i");
Buloqboshi tumani - M.Ismoiliy ko‘chasi, tuman xududi orqali o‘tgan 4R 137 avtomobil yo‘li;
Bo‘ston tumani - hududdan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining 393−396 kmlari oralig‘i, davlat ahamiyatidagi 4R128 Bo‘z sh. — O‘rmonbek q. — Baliqchi q. avtomobil yo‘lining 0−4 kmlari oralig‘i;
Xo‘jaobod tumani - xudud orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li, tuman hududi orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li;
Izboskan tumani - To‘rtko‘l mahallasi, Oqoltin mahallasi;
Jalaquduq tumani - 4R-249 avtomobil yo‘li, tuman hududidan o‘tgan 4K 72 avtomobil yo‘li, tuman hududidan o‘tgan 4R 248 avtomobil yo‘li;
Marhamat tumani - davlat ahamiyatidagi 4R-138 "Shaxrixon sh.-Asaka sh.-Marxamat sh.-Qizilqiya q." avtomobil yo‘lining 31−35 kmlari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-140 avtomobil yo‘li "Marg‘ilon sh. — Quva sh. — Marhamat sh. — Aravon q. avtomobil yo‘lining 51−53 kmlari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-137 avtomobil yo‘li Xo‘jaobod q. — Buloqboshi q. — Kulla q. — O‘qchi q. avtomobil yo‘lining 24−25 kmlari oralig‘i (O‘qchi qishlog‘i);
Oltinko‘l tumani - davlat ahamiyatidagi 4R-112 "Farg‘ona xalqa yo‘li" avtomobil yo‘lining 133−135 kmlari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan 4R-112 "Farg‘ona xalqa yo‘li" avtomobil yo‘lining 122−123 kmlari oralig‘i (Qo‘shtepa markazi);
Paxtaobod tumani - To‘pobjuvoz mahallasi, Madaniyat mahallasi, Uchqo‘rg‘on mahalasi;
Qo‘rg‘ontepa tumani - davlat ahamiyatidagi 4R-136 "Ko‘tarma q. — "Qorasuv-Xonobod" avtoyo‘li — Topolino q." avtomobil yo‘lining 19−21 kmlari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-135 "Andijon sh.-Teshiktosh q.-Oyim q.- Qo‘rg‘ontepa q.-Jalolquduq q.-A-373 a/yo‘li" avtomobil yo‘lining 48−51 kmlari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan 4R-136 "Ko‘tarma q. — "Qorasuv-Xonobod" avtoyo‘li — Topolino q." avtomobil yo‘lining 33−35 kmlari oralig‘i (Qorasuv sh. markazi);
Shahrixon tumani - Naynavo mahallasi, Nazarmaxram mahallasi, Vaxim mahallasi;
Ulug‘nor tumani - Oq oltin mahallasi, Oq oltin mahallasi;
Xonobod shahari - Ichki ĭul Mustaqillik mahallasi Obod kŭchasi 1 km, Anhor mahallasi I.Karimov kŭchasi 3 km oraliq.
Ma’lumot uchun, 2022 ĭilning ŭtgan 9 oĭi davomida viloyatda 584 ta ĭŭl-transport hodisalari qaĭd etilgan. Ushbu ĭŭl-transport hodisalarida 117 nafar fuqaro halok bŭlgan, 477 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan.
Sodir etilgan ĭŭl-transport hodisalarining 121 tasi haĭdovchilar tomonidan transport vositalarini belgilangan meyërdan ortiq tezlikda harakatlanishi oqibatida sodir etilgan.
Qoidabuzarliklarni asosiĭ qismi Andijon shahrining 15 ta, Andijon tumanining 5 ta, Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bŭston, Hŭjaobod, Izboskan, Oltinkŭl, Ulug‘nor tumanlari va Xonobod shahrining 2 ta hududida, Jalaquduq, Marhamat, Pahtaobod, Qŭrg‘ontepa va Shahrixon tumanining 3 ta jami viloyatning 52 ta hududlarida qaĭd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 10-oktabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi poytaxtning Kichik halqa avtomobil yo‘li (KHAY) ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligini soatiga 60 km.gacha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.