Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Xitoy fuqarolaridan Ukrainani tark etishni so‘radi

Hafta boshida XXR vakolatxonasi vatandoshlarini o‘ta zarurat bo‘lmasa, Ukraina hududida qolmaslikka va xavfsiz bo‘lganda uni o‘z vaqtida tark etishga chaqirgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolarini Ukraina hududini tark etishga chaqirdi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy davlatiga qarashli “Global Times”ga tayanib, xabar berdi.

“Xitoy Xalq Respublikasi Ukrainada bo‘lib turgan fuqarolarini “ehtiyot choralarini kuchaytirish va evakuatsiya qilishga” chaqiradi, mamlakat elchixonasi evakuatsiya jarayonini tashkil etishda yordam berishga tayyor”, - deyiladi xabarda.

Hafta boshida XXR vakolatxonasi vatandoshlarini o‘ta zarurat bo‘lmasa, Ukraina hududida qolmaslikka va xavfsiz bo‘lganda uni o‘z vaqtida tark etishga chaqirgan edi. Shu bilan birga, AQSh elchixonasi Ukrainani tark etishga chaqiriqni e’lon qildi.
Qolaversa, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklardan Ukrainani tark etishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni Qrim ko‘prigi ustida yuk mashinasi portlatib yuborildi. Portlash oqibatida ko‘prikning avtomobillar yo‘llaridan biri shikastlandi, parallel yo‘nalishda temir yo‘lda ketayotgan poyezd sisternalari ham zarar ko‘rdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu hodisani terakt deb atadi va uni tashkillashtirishda Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi.
Shundan so‘ng 10-oktabr kuni Ukrainaning bir necha shaharlarida infratuzilma obyektlariga yuqori aniqlikdagi raketa zarbalari berildi. Putin Ukraina hududidagi bunday obyektlarga ommaviy zarba Kiyev rejimining jinoyatlariga javob tariqasida berilganini ma’lum qildi va agar Ukraina hukumati Rossiya hududida terakt uyushtirishga bo‘lgan urinishlarini davom ettirsa, Rossiyaning javobi qat’iy bo‘lishidan ogohlantirdi.